Har bir o‘quvchi nazoratda

Date:

Ota-ona farzandi kun davomida nima bilan band, darsga boryaptimi, qo‘shimcha mashg‘ulotlarchi, bularning baridan voqif bo‘lib turishni istaydi. Bugungidek, texnikalar rivojlangan bir paytda bundan voqif bo‘lish mushkul ish emas. Ayniqsa, maktablarda kuzatuv kameralari, “turniket” tizimlarining joriy etilishi bolaning qayerda ekanini, nazorat qilishning eng qulay usuli bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bugun barcha maktablarda ana shunday qulayliklar yaratilib kelinmoqda. Surxondaryo viloyati rahbari Termiz shahridagi 26-sonli maktabda videokuzatuv moslamalarining ish jarayonlari hamda “turniket” tizimini joriy etish ishlari bilan tanishdi.
Tizimga ko‘ra, o‘quvchi maktabga kirgach “turniket” tizimining yuzni tanib olish funksiyasi bilan jihozlangan kameralari yordamida uning maktabga kelganligi to‘g‘risida qaydlarni markaziy serverga uzatadi hamda shu orqali ota-onaga farzandi maktabga kelganligi to‘g‘risida sms-xabarnoma yuboriladi.
Shuningdek, maktabda “Ma’naviyat sektori” faoliyati ham o‘rganilib, iqtidorli o‘quvchilar bilan suhbat qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Issiqxona va chorvachilik — mahallada daromadni oshirish imkoniyati

Muzrabot tumanidagi Yurtim jamoli mahallasida fuqaro Zoir Hayitaliyev issiqxona...

O‘zbekiston kubogidagi yorqin natija

An’anaviy karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogida Sariosiyo tumani “Kelajak” markazi...

Xurmo eksporti: sifat va tashqi bozor talablari muhim

Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov eksportga tayyorlanayotgan xurmo mahsulotlarini...

Denovda 150 ta ish o‘rni yaratiladi

Denov tumanida xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlik uchun yangi...
KunTun
KunTun