O‘quvchilar uchun bepul avtobus

Date:

Film va seriallarda maktabga boruvchi o‘g‘il-qizlarni shundoqqina ko‘chasiga maktab avtobusi kelib olib ketadi. Yoshlar ham, ularning ota-onalari ham farzandining maktabga qanday borib kelayotganini o‘ylashmaydi. Maktabdan qaytishda ham holat takrorlanadi. Bu xavfsiz va qulay usul. Tomoshabin esa havasla tomoshaga beriladi. Qaniydi, bir necha kilometr masofa bosib, maktab boradigan bolalar uchun ham yurtimizda ana shunday avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilsa-yu, muammo munosib yechim topsa, degan shirin xayolda bo‘lgan ota-onalar va yoshlarning niyatlari amalga oshadigan bo‘ldi.
2024-yilning 1-sentabrdan boshlab, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu loyiha «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni loyihasida belgilab qo‘yildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun