Biznes marafon – Surxondaryoni tadbirkorlik maydoniga aylantirishga katta qadam!

Date:

Ayni vaqtda Termiz shahrida joylashgan “Amudar textile” MCHJda respublikada faoliyat yuritayotgan taniqli tadbirkorlar va moderatorlar ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtmoqda. Unda Laziz Adhamov, Zafar Hoshimov, Jahongir Ortiqxoʻjayev, Husan Mamasaidov, Umidjon Ishmuhammedov hamda voha tadbirkorlari hamda sohaga qiziquvchi 500 nafarga yaqin yosh ishtirok etmoqda.


Jahongir Ortiqxoʻjayev oʻz tajribalarini Surxondaryo yoshlari bilan boʻlishmoqda. Aytish kerakki, bugun “Artel” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar har bir xonadonga kirib borayotir. “Akfa” brendi ostida ishlab chiqarilgan sifatli eshik va romlar xonadonlarda qulaylik yaratib, aholiga beminnat xizmat qilmoqda. Ushbu mahsulotlarni brend darajasiga olib chiqish oʻz oʻzidan boʻlib qolmagan. Xoʻsh, “Artel” va “Akfa”ning bu qadar ommalashishining siri nimada? Bu haqda Biznes marafonda javob berilmoqda.
“Korzinka”ning siri ochildi
“Korzinka”dan bir bor boʻlsa-da, mahsulot xarid qilmagan kishi boʻlmasa kerak. Mabodo hali ulgurmagan boʻlsangiz, endi sizda bunday imkoniyat boʻladi. Sababi, bugun “Korzinka” Oʻzbekistonning barcha hududlariga kirib bormoqda. Taniqli tadbirkor Zafar Hoshimov “Biznes marafon”da bu haqda batafsil maʼlumot berayotir.


Yertoʻladan boshlangan biznes “M Faktor” brendiga aylandi
Bugun tadbirkorlik qilish qiyin, sharoit yoki pulim yetmayapti, yaxshi gʻoya ham yoʻq deydigan odamlarga “M Faktor” asoschisi Husan Mamasaidovning aytar gapi bor. Bu haqda tadbirkor bugungi “Biznes marafon”da oʻrtoqlashayotir.


Tadbirkor: “Oʻzbek farzandlari biznesda muvaffaqiyatga erishib, xorijni “orzu” qilmasin. Prezidentimiz yaratib berayotgan imkoniyatlardan foydalanib, biznesmenga aylansin”, deydi.
ITda ildam boʻlish – yorqin kelajak garovi!
Barcha sohalarda ITning ahamiyati oshib bormoqda. Xalqaro bozorda IT sohasi kelajak kasblaridan biri sifatida oʻz oʻrniga ega. Yoshlarga IT sohasidagi erishgan yutuqlari, hayotiy tajribasi bilan oʻrtoqlashgan Alisher Avazov: “Insonning hamma narsasi olib qoʻyilsa ham ongi oʻzida qolsa, u milliardir”, deya motivatsiya berdi.


“Alibazar”ni brend darajasiga olib chiqish uchun yillar kerak boʻlgan, biroq bugun biznesni rivojlantirish uchun barcha imkoniyat bor. Faqatgina yoshlarimiz imkoniyatlarni koʻrishi va bundan foydalanishi kerak.
Taniqli tadbirkor biznes sirlarini amaliy mashgʻulotlar bilan birlashtirgan holda tushuntirib berayotir.

Adolat Mo‘minova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Migrantlar mahalladoshiga skuter sovg‘a qilishdi…

Azal-azaldan yurtimizda mahalla-ko‘y orasida qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘ orasida mehr-oqibat, sahiylik,...

“Bobotog‘ yoshlari festivali” o‘tkazildi

Yoshlarning har daqiqasi foydali va munosib o‘tishi kerak. Oltinga...

Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylandi

Kambag‘allik ishsizlik, bekorchilikdan, birinchi qadamni tashlashga cho‘chishdan kelib chiqadi....

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlasak…

Bugun negadir ajrimlar, oilaviy nizolar haqida bot-bot to‘xtalamiz. Muammoning...
KunTun
KunTun