Ma’rifat ulashib…

Date:

Kitobga oshno ko‘ngil borki, eng sara adabiyotlarni yig‘ishni, shaxsiy kutubxona tashkil etishni orzu qiladi. Albatta, bu orzuni amalga oshirish insonga bir olam quvonch ulashishi haqiqat. Yana bir gap, sevimli kitoblar inson bolasidek qadrli, shuning uchun uni yo‘qotib qo‘yish yoki kimgadir ulashishni istamaydiganlar ham bor.
Ammo, hamma ham bunday emas. Denov tumanidagi “Gulobod” mahallasida yashovchi Mahbuba aya Meliboeva ham xonadonida mo‘jazgina kutubxona tashkil etgan. Kutubxona javonlarida badiiy, ilmiy kitoblarni topish mumkin. Doimiy mutolaa bilan mashg‘ul bo‘lgan aya ushbu kitoblardan yoshlarni, umuman kitob o‘qishni xush ko‘radigan barchani foydalanishlarini istaydi. Saralab to‘plagan kitoblari nafaqat o‘ziga, farzand va nabiralariga, balki barchaga ma’naviyat, ma’rifat ulashsin deydi. Shu maqsadda hozirda Mahbuba aya kitoblarini kitobxon uy bekalariga va mahallaning yigit-qizlari o‘qib, ma’naviy-ma’rifiy bilim olishlari uchun kitoblarini ulashmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun