Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida…

Date:

Tadbirli, tashabbuskor yoshlar doimo qadrlanadi va munosib qo‘llab-quvvatlanib kelinadi. ishsizmi, tadbirkorlik qilish istagi bormi, qiziqish va layoqatidan kelib chiqib, har bir fuqaro kredit olishi, o‘z ishni boshlashi mumkin. Bunda kreditlarning imtiyozli berilayotgani bo‘lajak tadbirkorlarga qo‘l kelmoqda.
Davlatimiz rahbarining Surxondaryo viloyatiga tashrifidan so‘ng, vohalik yoshlarning tadbirkorlik faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning yangi innovatsion loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida “Surxondaryo viloyatida yoshlarni tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan 40 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ Surxondaryo viloyati yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilgani yoshlar uchun katta imkon eshiklarini ochib berdi.
Angor tumanida ushbu imkoniyatdan samarali foydalanish, yangi taklif va tashabbuslarni tinglash maqsadida yosh tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida yoshlarning yangi taklif va tashabbuslari tinglandi hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida “Sanoat-ipotekasi” dasturi tizimini joriy etish va kredit ajratish tartiblari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun