IIB xodimlari “kurash”di

Date:

Mardlar maydonga tushsa, katta kurash bo‘ladi. Bunday kurashlar el og‘ziga tushib ovoza bo‘ladi. Polvonning mardligi esa dong‘i ketadi. Shu sababdan ham azaldan yurtimizda kurashlar o‘tkazilib, polvonlar mardi maydon qilingan.
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ham urf-odam va qadriyatlarimizga sodiq qolgan holda Angor tumani IIB sohaviy xizmat va bo‘lim xodimlari o‘rtasida sportning milliy kurash turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Musobaqada xizmat xodimlari orasida bilagida kuchi, yuragida o‘ti borlari maydonga tushdi. Kurash jarayonini kuzatish esa barchada katta qiziqish uyg‘otdi. Yakunda esa gʻoliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun