Termiz tumanida yangi maktab va oilaviy shifokorlik punkti foydalanishga topshirildi

Date:

Termiz tumani “Orol” mahallasidagi mingga yaqin bola zamonaviy maktabda tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lgani eshitgan quloqqa xush yoqadi. Ushbu 3-sonli maktab viloyatdagi 61 ta og‘ir toifadagi maktablar ro‘yxatiga kiritilib, 3,9 milliard so‘mlik loyiha asosida to‘liq rekonstruksiya qilindi. Qurilish talablari asosida to‘liq ta’mirlangan va zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan maktabning foydalanishga topshirilishiga viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ham ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olgan mahalla nuroniylari, o‘qituvchilar hamda faollar hukumatimizning ta’limga, xususan, maktablar sharoitlarini yaxshilashga qaratayotgan e’tiboridan mamnun bo‘lib, o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.


Shuningdek, Termiz tumanidagi yangi aholi yashash punktlaridan biri bo‘lgan “Yangiyer” mahallasida “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida 2,2 milliard so‘mga bunyod etilgan, zamonaviy shart-sharoitlarga ega Yangiyer oilaviy shifokorlik punktining foydalanishga topshirilishi esa qo‘shaloq xursandchilik bo‘ldi deyish mumkin. Endilikda ushbu hudud aholisi ham o‘z uyi yaqinida malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar sportda chiniqmoqda

Yosh avlodni jismonan sog‘lom, irodali va jamoaviy ruhda tarbiyalashda...

 “Qalqon” yana peshqadam!

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni...

392 nafar mahkum afv etildi

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va...

Mahallalarda xavfsiz muhit

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni...
KunTun
KunTun