Sohalar kesimida tahlil qilindi…

Date:

9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Termiz shahridagi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati Kengashi majlislar zalida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi a’zolari, markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar ishtirok etdi. Brifingni Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi raisi o‘rinbosari Abdukarim Axmedov olib bordi va Kengash tomonidan 2023-yilning o‘tgan davri mobaynidagi amalga oshirilgan ishlar hisoboti o‘qib eshittirildi.


Ma’lumki, Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy Kengashi tomonidan hududiy Kengashlarning faoliyati samaradorligini reyting baholash tizimi joriy qilingan bo‘lib, bir yilda ikki marotaba belgilangan mezonlar asosida hududiy Kengashlarning faoliyati samaradorligi baholanib borilmoqda. Ba’zi salbiy holatlar esa respublikada viloyat reytingining pasayishiga sabab bo‘lmoqda.
Korrupsiya holatlari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, viloyat hududiy kengash tomonidan bu borada amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning 10 oyi mobaynida korrupsiyaga oid jinoyatlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kamayishiga erishildi. Masalan, 2023-yilning 10 oyi mobaynida jami 312 (362) ta jinoyat ishi bo‘yicha 455 (494) nafar shaxs tomonidan korrup siyaga oid jinoyatlar sodir etilgan bo‘lsa, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan jinoyatlar soni 50 taga, jinoyatlar sodir etganlar soni esa 39 nafarga kamayganini ko‘rsatadi. Biroq, sohalar kesimida tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, asosiy korrupsion holatlar (poraxo‘rlik jinoyatlari) bank tizimida – 67 (54) nafar (+13 nafarga), energetika tizimida – 29 (6) nafar (+23 nafarga), mahalliy hokimliklarda – 36 (15) nafar (+21 nafarga), kadastr agentligida – 26 (10) nafar (+16 nafarga) ko‘proq sodir etilgan.


Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyalarida muhokama etib borilayotganligi, mansabdor shaxslar hisobotlari tizimli ravishda hududiy Kengashda muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilinayotgani alohida e’tirof etildi.
Islom Mengliyev

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qishki rejimga o‘tiladi

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Xayraobod...

Ramziy qahramonlarini taqdim etildi

2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati oldidan FIFA musobaqaning ramziy...

“Millat fidoyilari” taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Termiz shahrida joylashgan N-sonli harbiy qismda “Millat fidoyilari” nomli...

Oshkor etsa, javobgarlik bor

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi....
KunTun
KunTun