“Inkobod”da o‘nga yaqin mehmonxona quriladi

Date:

Boysun ochiq osmon ostidagi qadimiy va tabiati hushmanzara muzey yanglig‘ har birimizning e’tiboru e’tirofimizda. Boysunni ko‘rish orzusida yurtimizning ko‘plab nuqtalaridan, qolaversa, xorijdan mehmonlarning qadami uzilmaydi. O‘z navbatida bu turizm sohasini rivojiga hissa qo‘shish bilan birga, xizmat turlariga ehtiyoj va talabni oshiradi ham. Shu jihatdan hududning turizm salohiyatini oshirish lozim. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida qurilish va turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar hamda loyiha tashabbuskorlarining muammolari, yangi taklif va loyihalarini o‘rganish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv avvalida viloyat rahbariga Boysun tumani “Inkobod” mahallasida qurilishi rejalashtirilgan yangi mehmonxonalar loyihasi taqdimot qilindi. Turizmni rivojlantirishning eng asosiy omillaridan biri bo‘lgan mehmonxona loyihalarini zamon talablari asosida ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shundan so‘ng, “Yangi O‘zbekiston” massivlarida turar joylar qurilishida ishtirok etayotgan tadbirkorlarning qiynab kelayotgan muammolari mas’ullar ishtirokida tahlil qilindi. Har bir turar joyning sifatli qurilishi, barcha infratuzilmalar mavjudligi hamda xonadonlarning sotilishi yuzasidan mutasaddilar hamda quruvchilarning axborotlari tinglandi. Sohani rivojlantirish, tadbirkorlar hamda loyiha tashabbuskorlarining mavjud muammolarini hal etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Issiqxona va chorvachilik — mahallada daromadni oshirish imkoniyati

Muzrabot tumanidagi Yurtim jamoli mahallasida fuqaro Zoir Hayitaliyev issiqxona...

O‘zbekiston kubogidagi yorqin natija

An’anaviy karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogida Sariosiyo tumani “Kelajak” markazi...

Xurmo eksporti: sifat va tashqi bozor talablari muhim

Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov eksportga tayyorlanayotgan xurmo mahsulotlarini...

Denovda 150 ta ish o‘rni yaratiladi

Denov tumanida xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlik uchun yangi...
KunTun
KunTun