“Duoba” ko‘rkam maskanga aylandi

Date:

Qayga boqmaylik ko‘chalar, mahallalaru xonadonlar obodligi yo‘lida katta ishlar olib borilmoqda. Bunda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” tamoyili yurtimiz ahliga kuch-g‘ayrat va shijoat bag‘ishlagan. Ushbu tamoyil asosida Boysun tumanidagi “Duoba” mahallasida 50 qatnovga mo‘ljallangan shifokorlik punkti binosi foydalanishga topshirildi. Bu mahalla ahlining tibbiy xizmatga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bilan birga, sihat-salomatligini asrashga xizmat qiladi.


Amalga oshirilgan ishlar tibbiyot punkti bilan to‘xtagani yo‘q, 180 o‘rinli maktab filiali binosining yangidan qurib foydalanishga topshirilgani o‘quvchi-yoshlar bilan bir qatorda ustoz-murabbiylarning-da, ko‘nglini tog‘dek ko‘tardi.


Albatta, ana shunday ezgu ishlar boshida mahallaning jonkuyar faollarining xizmati katta. Ularning sa’y-harakatlari, mahalla ahlini birdamlikka, ahillikka chorlashi bilan har qanday muammo zumda yechim topayotir. Mahalla “yettiligi”ning risoladagidek faoliyat yuritishi, xalqning muammo va masalalarini yechish uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo bo‘lsa, nur ustiga nur. Shu jihatlarni hisobga olgan holda “Duoba” mahallasida dastur asosida mahalla binosi barpo etildi va ayni kunlarda foydalanishga topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun