Ta’limga sarmoya yo‘naltirilsa…

Date:

Termiz shahridagi Prezident maktabida ham yangi o‘quv yili katta xursandchilik bilan boshlandi. Ayniqsa, imtihondan muvaffaqiyatli o‘tib, o‘qishga qabul qilingan 5-sinf o‘quvchilarining xursandchiligi bo‘lakcha. Albatta, barcha imkoniyatlar yaratilib, sifatli ta’lim-tarbiya beriladigan, tajribali pedagoglar jalb etilgan, hamma o‘qishni orzu qiladigan Prezident maktabida o‘qish kimni ham shodlantirmaydi deysiz.
Maktab ostonasiga qadam qo‘ygan 5-sinflarni maktab ma’muriyati va ustozlar ham mamnuniyat bilan kutib oldilar va tuhfa sifatida zamonaviy noutbuklar topshirildi. Aytish kerakki, Prezident maktabida ta’lim sifatiga, o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishiga alohida e’tibor qaratiladi. Vaqtlari ham to‘g‘ri taqsimlangan holda, dars va mashg‘ulotlar olib boriladi. Shunday ekan, o‘quvchilarning noutbuklardan to‘g‘ri foydalanishlaridan, vaqtlarini behuda sarflashidan qayg‘urmasa ham bo‘ladi. Sababi, noutbuklardan foydalanish bo‘yicha texnik talablar, dasturlar bilan ishlash, taqdimotlar tayyorlash, internet va axborot bilan ishlash madaniyati davomiy o‘rgatib boriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar sportda chiniqmoqda

Yosh avlodni jismonan sog‘lom, irodali va jamoaviy ruhda tarbiyalashda...

 “Qalqon” yana peshqadam!

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni...

392 nafar mahkum afv etildi

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va...

Mahallalarda xavfsiz muhit

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni...
KunTun
KunTun