Aqllar charhlandi

Date:

Zakovat — mantiqiy fikrlashni oshirish bilan, mushohadakorlikka, tezkorlikka o‘rgatadi. Shu maqsadda “Zakovat” intellektual o‘yinlari maktablarda, oliy ta’lim muassasalarida tez-tez o‘tkazilib, yoshlarning iqtidorlarini shakllantirishga xizmat qilib kelayotir. Ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab “Besh tashabbus” olimpiadasining 2-mavsumi start olgan bo‘lib, Qumqo‘rg‘on tumani “Baraka savdo” majmuasida maktab o‘quvchilari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yinining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tuman hokimligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda 80 dan ortiq jamoa ishtirok etdi. Bir-biridan ajoyib, qiziqarli savollar jamoalarni o‘ylashga, mushohada qilishga chorladi. O‘yin yakunida 1-o‘rinni 82-sonli maktab jamoasi, 2-o‘rinni 67-, 3-o‘rinni 78-sonli maktab jamoalari qo‘lga kiritdi va tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi. Gʻolib jamoalarga tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim tavsiyalar berildi

Uzun tumanida anjir va xurmo daraxtlarida uchraydigan kasallik hamda...

Soliq bilimdonlari aniq

“Soliq bilimlari – yosh avlodga” respublika tanlovi yakunlanib, yoshlarning...

Bolajonlar uchun qulaylik

Sariosiyo tumanida zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti tantanali ravishda foydalanishga...

Parasportda xalqaro natija

Armanistonning Yerevan shahrida ko‘zi ojiz sportchilar o‘rtasida para-sambo bo‘yicha...
KunTun
KunTun