Yoshlar uchun yengillik…

Date:

Ukam oliygohga o‘qishga kira olmaganiga quvonishni ham, xafa bo‘lishni ham bilmadik. Sababi, yetarli ball to‘play olmaganidan xafa bo‘lsak, xalq tilida aytganidek “super kontrakt”da o‘qish imkoni borligi umidlantirdi-da. Shu tariqa 92 million so‘mning bahridan kechib, o‘qitishga qaror qildik.
Ammo, 2023/2024-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan bakalavriatga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra oliy ta’lim vazirligining qator yangiliklari shoshqaloqlik qilib qolganimizni ko‘rsatib qo‘ydi.
Sababi bu yil ham talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan birida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati berilgan. Ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan 2-, 3-, 4- yoki 5-bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga talabalikka tavsiya etilgan, biroq to‘plagan bali tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish balidan past bo‘lgan abituriyentlarga tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati berildi. Bunda, abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari asos sifatida qabul qilinadi.
Belgilangan tartibga ko‘ra kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, belgilangan minimal o‘tish balidan (56,7 balldan) kam ball to‘plagan abituriyentlarga ham birinchi o‘quv yiliga muayyan ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorining 2 barobariga teng to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi berilgani yoshlarga va ularning ota-onalariga katta yengillik beradi-da. Xolbuki, to‘lov-kontraktning 2 barobarini to‘lash qayoqda-yu, 92 million so‘m… ha, nima bo‘lganda ham ukam berilgan imkondan foydalanib, kelajakda vatan koriga yaraydigan mutaxassis bo‘lib yetishsa bo‘lgani.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vazir TerDPIda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova Termiz davlat...

Polimer quvurlar o’zimizda ishlab chiqariladi

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati delegatsiyasi tarkibida Rossiya Federatsiyasida...

Inson resurslari rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyati hokimligida Boshqaruv samaradorligi agentligining viloyat filiali hamda...

Oldindan prognoz qilinadi

O‘zbekistonda seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy...
KunTun
KunTun