“Mehr daftari”dagi yoshlarga uy berildi

Date:

Ota-ona farzandini oq yuvib, oq tarab ulg‘aytiradi. Ta’lim-tarbiyasi, kelajagi uchun qayg‘uradi. Albatta, farzand ham bu g‘amxo‘rlikni his etib ulg‘aygani uchun ham qalbida insoniylik, mehr-oqibat tuyg‘ulari bilan kamol topadi. Xo‘sh, ota-ona g‘amxo‘rligidan mahrum bolalarchi? Ularning taqdiri qanday bo‘ladi? Yurtimizda ota-ona qaramag‘idan mahrum bolalar haqida ham bunday savol tug‘ilmaydi. Sababi, bunday bolalarning ta’lim-tarbiyasi, kelajagi haqida davlat otalarcha qayg‘uradi va kerakli yordam hamda imkonni berib kelmoqda.
Surxondaryo viloyatida yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, sobiq Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining bir guruhiga “Mehr daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Termiz shahridagi “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida qurilgan yangi uy-joylarning kalitlari topshirilishi ham ana shunday e’tiborning yuksak namunasidir.
Ushbu xonadonlarning har biri 73 kvadrat metr maydonga ega bo‘lib, xonalari keng va shinam. Qolaversa, barcha maishiy va zarur uy-ro‘zg‘or jihozlari bilan to‘liq ta’minlangan. 23 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 6 nafar sobiq Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisiga berilgan uylar xonadon egalariga haqiqiy ma’nodagi vatan bo‘lib, o‘z oilalari bilan bahamjihat yashaydilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...

Bilim va zukkolik bellashuvi

Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini boshlandi....

“Yangi hayot”da yangi maskan

Qiziriq tumanida yosh avlod tarbiyasi va ta’limi yo‘lida navbatdagi...
KunTun
KunTun