Maktab “moda” maydoni emas…

Date:

Maktab o‘quvchilari rioya etishi lozim bo‘lgan qat’iy talablar bor. Maqsadimiz o‘qib o‘rganish ekan, bu talablardan bo‘yin tovlab yoki tashqi ta’sirlarga berilish yaramaydi. Ana shu talablardan biri kiyinish madaniyati. Maktab o‘z-o‘zini ko‘z qilish maydoni emas, balki bilim va ma’naviyat bilan raqobatlashish mumkin bo‘lgan sof raqobat maydonidir.
Yangi o‘quv yili boshlanganiga hali bir oy ham bo‘lmay ba’zi o‘quvchi-qizlarning maktab formalari, tashqi ko‘rinishlari e’tiborni tortadi. Tor-tanqis kiyinishlar, sochlarni gajak qilib yoyib olishlar, bu ham yetmagandek, bitta ham daftar sig‘maydigan sumkani yelkalariga ilib olib olib, dars paytida maktab koridorida sang‘ib yurishni qanday tushunish mumkin? Bu-ku mayliku-ya, yuqori sinf o‘quvchi-qizlarining yuziga upa-elik

chaplab, ko‘zi-yu labini bo‘yab kelishlarini ko‘rib, ularni qandaydir bazmga kelgan deb o‘ylaysiz. Nahotki, bugunning o‘quvchisi shunday bo‘lsa, o‘zlariga oro berib, kiyinish madaniyatini unutishdimi? “Moda” ketidan quvayotgan qizlar miyasining bir chetida bo‘lsa ham o‘qish, bilim olish istagi yoki majburiyati bormikan?
Bu holatga ko‘z yumib bo‘lmaydi. O‘quvchilarning mana shunday ko‘rinishi o‘qituvchilarni sergaklantirishi, eng to‘g‘ri yo‘lni tutishlariga turtki bo‘lishi kerak. Sherobod tumanidagi 27-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning davomati, xulqi, kiyinish madaniyati to‘g‘risida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar o‘quvchi-qizlarning odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, kiyinish madaniyati, huquqiy savodxonligini oshirish, qizlar o‘rtasida erta turmush qurishning oldini olish hamda O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-829-son Qonuni mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berdilar.
Tadbirda yoshlar taqdiriga befarq bo‘lmagan pedagog va mas’ullarning kuyunchaklik bilan aytgan fikrlari barchani sergaklantirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Yoshlar turizm ko‘chasi” ochildi

Muzrabot tumanida yoshlarga bag‘ishlangan yangi ezgu tashabbus — “Yoshlar...

Tezlik 150 km/soatga yetadi

O‘zbekistonda qurilayotgan pulli yo‘llarda ruxsat etilgan maksimal tezlik 150...

Adabiy uchrashuvda

Oltinsoy tumanidagi Axborot-kutubxona markazida mashhur shoira, “Oltin qalam” mukofoti...

142 murojaat koʻrib chiqildi

Surxondaryo viloyatida fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va...
KunTun
KunTun