70 kilogramga yaqin narkotik modda ushlandi

Date:

Giyohvand moddalar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi kimsalar sotayotgan og‘usi qanchadan-qancha yoshlarni zaharlashi haqida emas, bugun qancha foyda olishi haqida o‘ylaydi. Axir ularning ham farzandi bor-ku?! Nega avval pichoqni o‘zlariga urib ko‘rishmaydi ekan-a? Manfaat va manfurlik, nafsga bu qadar berilish ko‘zlarini ko‘r qilib qo‘yarmikan? Yaxshiyamki, ko‘cha bedarvoza emas, aks holda “Sariosiyo” chegara bojxona postida mamlakatimizga kirib kelgan yuk avtotransport vositasi Bojxona xodimlari va DXX chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilganda, uning kabinasidagi ko‘z ilg‘amas bo‘shliqlarga 66 ta o‘ram modda yashirilgani ma’lum bo‘lmas, og‘ufurushlar esa o‘z maqsadiga yetgan bo‘lardi.
Mazkur o‘ramlar ochib ko‘rilganda, ularning 30 tasida 31,9 kilogramm og‘irlikda “geroin”, 36 tasida 37,3 kilogramm og‘irlikdagi “gashish” giyohvandlik vositasi joylangani fosh etildi. Ushbu holatda jami ushlanib qolingan giyohvandlik vositalarining og‘irligi o‘rami bilan hisoblaganda 69,2 kilogrammni tashkil etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Hayriyat, 70 kilogramga yaqin og‘u o‘z vaqtida ushlanib, ko‘plab yoshlarning umriga zomin bo‘lishining oldi olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun