“Jadidlar” to‘plamidan “Uyg‘onish”gacha…

Date:

Tarixni o‘rganish ajdodlarimizni shonli hayot yo‘lidan hikoya so‘zlaydi. Har bir davrning e’tiborga molik voqealari, qahramonlari, o‘sha qahramonlarning ibratli hayot yo‘li bor. O‘tgan yili ma’rifatparvar jadid bobolarimiz hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma’lumot beruvchi “Jadidlar” to‘plami ana shunday hayot yo‘lidan, jo‘shqin faoliyatdan so‘zlaydi. Ushbu to‘plamni xalqimizning har bir vakili mamnuniyat bilan qabul qildi va o‘z o‘quvchilarini-da topa oldi.
Mazkur loyihaning davom etayotgani esa quvonarli hol. Kitobxon yoshlarimiz uchun bu galgi tuhfa “Uyg‘onish” to‘plami nomi bilan nashrdan chiqadi. Ushbu to‘plam “Anorbooks” nashriyoti bilan hamkorlikda 20 ming nusxada respublikamizdagi barcha ta’lim muassasalari, tashkilot va idora kutubxonalariga tarqatish uchun tayyorlanayotir.
Aytish kerakki, to‘plamda Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Abu Mansur Moturidiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi jahon ilm-fan tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimiz haqida qimmatli ma’lumotlar o‘rin olgan. Tez orada ushbu to‘plam har bir vatandoshimizning xonadoniga yetib boradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun