“Til – millat ko‘zgusi”

Date:

Har qanday millatning, xalqning iftixori, bebaho boyligi ona tili hisoblanadi. Oʻzbek tili ham biz oʻzbeklarning oltindan ham qimmatliroq boyligimizdir. Toʻgʻri, dunyoda tillar juda ham koʻp. Lekin, ular orasida oʻzbek tili soʻzga, maʼnoga boy tildir. Tilimizning goʻzalligi, ma’no jilolari Navoiy bobomiz davrlaridayoq oʻz ifodasini topgan. Shu tilning sofligini asrash, uni yanada boyitib avlodlarga yetkazish barchamizning zimmamizdadir. 1989- yil 21- oktabr kuni oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan bo‘lib, bu kunni Oʻzbekiston ahli keng koʻlamda nishonlaydi.


O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganligining 34 yilligiga bag‘ishlab, davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish, o‘zbek tilini siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda to‘laqonli joriy etish hamda faol qo‘llanishni rag‘batlantirishga qaratilgan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida Sobir At-Termeziy nomidagi viloyat markaziy kutubxonasida “Til – millat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.


Tadbirda viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi mas’ullari, viloyatimizda faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi va murabbiylar, shoir-ijodkorlar hamda Termiz shahridagi 11506 harbiy qism harbiy xizmatchilari, kutubxona xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida ma’ruzachilar o‘zbek tilining ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirar ekanlar, tilimizning naqadar boyligi haqida asosli dalillarni keltirib o‘tdilar. Yakunda ushbu tadbirni yuqori saviyada o‘tkazishda faol qatnashgan jamoat tashkilotlari vakillariga viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomasi topshirildi.

Xanifa Xodjayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vazir inklyuziv ta’lim jarayonlarini o‘rgandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Surxondaryo viloyatida...

“Yangi O‘zbekiston” massivlari farovonlik va zamonaviy turmushni ta’minlaydi”

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jarqo‘rg‘on tumanida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston”...

Loyiha yakuniy bosqichda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumanning “Do‘stlik” mahallasida amalga...

Bandixonning monumenti bor

Qiziriq tomondan Bandixon tumaniga kirishda ramziy monument qad rostladi....
KunTun
KunTun