Suv ustida tantanalar saroyi qurilmoqda

Date:

Yurtimizda, xususan Surxondaryo viloyatida ham turizm sohasiga qaratilayotga e’tibor, hududlarda tashkil etilayotgan xizmat turlari, turli loyihalarning amaliyotga tatbiq etilishi nafaqat mehmonlarni, balki mahalliy aholining ham qiziqishini uyg’otib, ichki turizmni rivojlantirishga-da munosib hissa qo‘shayotir. Ana shunday loyihalardan biri Termiz tumanidagi “Surxon FISH agroprom” MChJ tomonidan yo‘lga qo‘yilgan ekoturizm maskanidir. Umumiy maydoni 6 gektarlik ko‘l bo‘yida joylashgan restoran, asosan baliq mahsulotlaridan tayyorlangan taomlar taklif qilinadigan maskan o‘ziga xos tabiati bilan ajralib turadi.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu ekoturizm maskanida bo‘lib, uning faoliyati va yangidan amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Hududda 400 kishilik suv ustida turli bayram, to‘y va marosimlar o‘tkazishga mo‘ljallangan loyiha qurilishi olib borilayotgani ham e’tiborni tortib, har qanday kishini qiziqtirib qo‘yadigan yangilik. Ushbu loyiha ishsa tushsa, mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimi ham kengayishiga shubha yo‘q.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnat ortidan daromad

Angor tumanining “Chinobod” mahallasida yashovchi Bahodir Xudoynazarov ko‘p yillardan...

Mezbonlar shohsupasiz qoldi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Qizilmozor motoso‘qmog‘ida motokross bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib...

Ichki yo‘llar tekis va ravon

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Islom taraqqiyot banki...

Kitobxon bo‘lsa, mukofoti bor

Prezident yoshlar bilan uchrashuvda axborot xurujlari kuchayib borayotgan bugungi...
KunTun
KunTun