…ovqatlanishning talablari belgilandi

Date:

Hind kinolaridan birida kurash tushishni o‘rgatadigan ota qizlariga har xil taomlarni, ayniqsa, achchiq va shirin yeguliklar iste’molini taqiqlaydi. Qizlarning esa holatini tasavvur qilish qiyin emas. Sportchi qaysi davlatda istiqomat qilib, shug‘ullanmasin, bir xil talab va mashg‘ulotlar bilan mashg‘ul bo‘ladi. Ovqatlanishda ham shunday. Bizning sportchilarchi, ovqatlanish ratsioniga amal qilishadimi? Qanday taomlarni iste’mol qilishlari lozim-u, qandaylarini yo‘q?
Sport maktablari o‘quvchi-sportchilarining ovqatlanishiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar Adliya vazirligida hisobga olinadi. Ushbu talablarga ko‘ra, o‘quvchi-sportchilar uchun oziq-ovqat ratsionning kunlik kaloriya miqdori sportchining energiya sarflariga mos kelishi lozim. Ratsionning kimyoviy tarkibi, kaloriya miqdori va hajmi sport turini hamda tayyorgarlik davrini hisobga olgan holda organizmning ehtiyojlari va xususiyatlariga ham mos kelishi talab etiladi. qolaversa, oziq-ovqat tarkibidagi oqsillar, yog‘lar va uglevodlar balanslashgan bo‘lishi, ularning miqdori sport turini va mashg‘ulot jarayonining intensivligini hisobga olgan nisbatlarda bo‘lishi talab etiladi. Xullas, oziq-ovqat zararsiz (zaharli moddalar va patogen bakteriyalarni o‘z ichiga olmagan holda) bo‘lishi zarur.
Shuningdek, ushbu Gigiyenik talablar bilan sport turlari bilan shug‘ullanuvchi o‘quvchi-sportchilar uchun kunlik talab etiladigan kaloriya va asosiy ozuqaviy moddalar (oqsil, yog‘ va uglevodlar), kunlik vitamin va mineral moddalar miqdorlari belgilanmoqda. Bundan tashqari, Gigiyenik talablarda o‘quvchi-sportchilar uchun ratsionni tuzishda mahsulotlarga ishlov berish usuli, oshqozonda ozuqaviy moddalarni hazm qilish vaqti, ularning ichaklarda harakatlanish tezligi va mahsulotlarning organizmda so‘rilishi hisobga olinishi shartligi nazarda tutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Mening maktabim” loyihasi boshlanmoqda

Joriy yilning 22-oktyabridan boshlab 2025/2026-oʻquv yili doirasida “Mening maktabim”...

Saraton qarshi “super vaksina”

Vaksina yuborilgan sichqonlarning 88 foizida shish paydo bo‘lmagani aniqlandi....

Ilk kunda ikkita oltin medal

Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan III Osiyo yoshlar oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi...

Azim Samarqandga ma’naviy sayohat

Bandixon tumanining “Navbahor” mahallasida joylashgan fermer xo‘jaliklari, mahalla yettiligi...
KunTun
KunTun