Mahallalarda mikromarkazlar tashkil qilinadi

Date:

Mahallalarda mikromarkazlarning tashkil etilishi foydali va fuqarolar uchun manfaatli tashabbus bo‘ldi, deyish mumkin. Natijada, ayniqsa, xotin-qizlar tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, o‘z faoliyatlarini boshlashmoqda. Albatta, bundan maqsad har bir ayol ishli bo‘lishi, hunar o‘rganib, ro‘zg‘orini uddalashidir. Mikromarkaz esa ana shunday xotin-qizlar va yoshlarni bir yerda jam etadi.
Sherobod tumani “Taroqli” mahallasida ham 10 ta yo‘nalishda hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mikromarkaz tashkil etildi. Natijada 150 nafar xotin-qizning bandligini ta’minlandi. Hozirgi vaqtda esa 132 nafar ayol turli yo‘nalishlarda o‘qitilib, ish o‘rganib, shu bilan bir qatorda ishlay boshladi. Subsidiya asosida jihozlangan markazda yettita mahalladagi ishsiz, imkoniyati cheklangan xotin-qizlar jalb etilgan. Qolaversa, ishchi-xodimlar uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratilgan.
Markazda xotin-qizlar gilam to‘qish, pazandalik, tikuvchi, to‘quvchilik, sandiqchilik, sartaroshlik, sovundan gullar yasash sirlarini o‘rganish bilan birga ayni yo‘nalishlarda o‘z faoliyati yo‘lga qo‘yishadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun