18 yoshga to‘lmaganlarning ishlashi mumkin emas… mi?

Date:

Ba’zida yoshlar o‘zlari istagan holda maktabdan tashqari ishlashga kirishsa, ba’zilar esa oilaviy sharoit sabab majbur bo‘ladi. Hech qanday ma’lumot va malakaga ega bo‘lmagan yoshlar, ya’ni 18 yoshga to‘lmaganlar qo‘lidan keladigan duch kelgan ish bilan band bo‘lib ketaveradi.
Shu o‘rinda aytish kerakki, hukumat qarori bilan (290-son, 14.07.2023y.) o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ishlarning ro‘yxati tasdiqlandi. Bunda asosiy e’tibor bu ishlarning og‘irlik darajasi, zararli va xavfli mehnat sharoitlari inobatga olingan.
Ro‘yxatga ko‘ra, yer osti kon ishlarida, issiqlik tarmog‘idagi uskunalarni ta’mirlash bo‘yicha chilangar, gaz taqsimlash stansiyasi operatori, tibbiy preparatlarni dozalovchi, yuqori chastotali tok qurilmalarida payvandchi, gipsni qizdiruvchi, asfaltbetonchi, novvoy kabi bir qator ishlarda voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish taqiqlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun