…kurash gilami taqdim etildi

Date:

Kurash haqida gap ketsa, uning tarixi, eh-he, uzoq tarixga borib taqaladi. Ota-bobolarimizning kuchini mardi-maydon qilgan kurash hozir ham muhim ahamiyat kasb etadi. Katta-katta maydonlarda tushilgan kurashni bugun ham murabbiylar yoshlarga o‘rgatib keladi. Yoshlar ham sport mashg‘ulotlarida toblanib, chiniqib, kurashib chiniqishayotir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi “Kurash milly sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risi”dagi PQ-4881-sonli qarori esa bu borada dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir.
Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tashabbusi bilan Uzun sport maktabiga kurash gilami taqdim etildi. Kutilmagan sovg‘a va viloyat rahbarining bunday e’tibori kurashchi yoshlarni quvontirdi. Ular tinimsiz harakat va mehnat qilib, o‘z ustilarida ishlagan holda mashg‘ulotlarni davom ettirishayotir.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun