Navbur va Hakimobodda ko‘chma tibbiyot punkti

Date:

Yurtimizda tibbiyot sohasiga qaratilayotgan e’tibor sabab, bugungi kunda chekka-chekka hududlardagi insonlar ham o‘z sihat-salomatligini tiklash uchun uzoqqa borib o‘tirishiga hojat qolmadi. Sababi chekka hududarda ham poliklinika, qishloq vrachlik punkti-yu, klinikalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan va u yerlar kerakli tibbiy asbob-uskuna va jihozlar bilan, qolaversa, tajribali mutaxassislar bilan ta’minlangan.
Bu esa aholiga katta qulaylik tug‘diradi. Xuddi shunday Sherobod tumanidagi “Navbur” va “Hakimobod” mahallalari aholisi uchun xizmat qiladigan ko‘chma tibbiyot punkti ochildi.
Tibbiyot punktining ochilish marosimida mahalla aholi vakillari hamda keksa otaxonlar ishtirok etdi. Ushbu tibbiyot punkti bemorlar salomatligini tiklash uchun kerakli bo‘lgan barcha jihozlar bilan ta’minlangan va har ikki mahalla aholisi uchun xizmat ko‘rsatadigan sharoitlar mujassam. Ha aytgancha, ushbu tibbiyot maskani mazkur ikkala mahallaning 2300 nafar aholisiga xizmat ko‘rsatadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun