G‘olibga 6 million so‘mlik voucher…

Date:

Yozgi ta’til davom etayotgan pallada kimdir oromgohlarda, kimdir esa qishloqqa dam olish uchun yo‘l olgan. Ammo, ta’tilni uyida o‘tkazayotgan yoshlarning vaqtini mazmunli o‘tkazishning eng yaxshi yo‘li uy yumushlaridan tashqari mutolaadir. Ayniqsa, o‘qiganingiz uchun rag‘bat bo‘lsa, yutuq sifatida qanchadir mablag‘ olish imkoni bo‘lsa, nega endi o‘qimaslik kerak?
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Zuko kitobxon” tanlovining doimiy tarzda o‘tkazilishi esa yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga uchun asos bo‘layotir. Tanlovning telegram bot orqali o‘tkazilgan saralash bosqichlarida yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar tuman va shaharlar miqyosida 1 tadan jamoalar tarzida (jami 15 ta jamoa) ishtirok etdi.
Termiz shahridagi Yoshlar markazida “Zukko kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Berilgan topshiriq va tavsiyalarga ko‘ra har bir jamoaning bilimlari, dunyoqarashlari, asarlarni nechog‘lik o‘qiganlari sinovdan o‘tkazildi. Albatta, ushbu tanlov yoshlarning vaqtini mazmunli tashkil etish, ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilayotir deyish mumkin. Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra Sho‘rchi tumani jamoasining bilimlari ustunlik qildi va birinchi o‘ringa munosib ko‘rildi hamda 6 million so‘mlik vaucherni qo‘lga kiritdilar. Shuningdek, ikkinchi va uchinchi o‘rinni olganlar hamda faol ishtirok etgan jamoalar ham munosib rag‘batlantirildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Fermerlarga kimyoviy madad

Shelkovo Agrohim.uz kompaniyasi tomonidan g‘alla parvarishida qo‘llaniladigan zamonaviy preparatlar...

Munosib sharoit yaratilmoqda

Oltinsoy tumanining "Jilibuloq" mahallasida yosh avlodning sifatli va qulay...

Latviyada malaka oshirdi

Davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini oshirish va kadrlar salohiyatini yuksaltirish...

Gʻolib keyingi bosqichga chiqadi

Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazida tuman hokimligi hamda Respublika Ma’naviyat...
KunTun
KunTun