“O‘g‘lim bo‘lsa, Bahodir Jalolovdek bo‘lsin!”

Date:

Sariosiyo o‘g‘loni Bahodir Jalolovni bugun butun dunyo tanidi va tan oldi. Har bir o‘g‘il o‘stirayotgan ota-ona farzandining kamolini ko‘rishni, alp o‘g‘lon bo‘lib, Vatan ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shishni dilga tugadi. Bahodir ham asli ana shunday baxtni onasiga tuhfa eta olgan, har zarbida dunyoni titratayotgan chinakam o‘g‘lon. Ikki karra jahon chempioni, o‘zbekning faxri, g‘ururi bo‘lib dunyoga bo‘y ko‘rsatib turgan pahlavonni qancha ta’riflasak-da kam, qancha havas qilsak-da arziydi.
Viloyat hokimligida Toshkentda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Sariosiyo o‘g‘loni Bahodir Jalolov bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov “Tokio-2020” olimpiya o‘yinlari g‘olibi Bahodir Jalolovni ikkinchi marotaba jahon chempionligini qo‘lga kiritgani bilan muborakbod etib, munosib taqdirladi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun