Yangi avtomobil bozori ish boshladi

Date:

Hamma ham yangi mashina xarid qilib, uzog‘ini yaqin qilguvchi ulovi bo‘lishini istaydi. Shu maqsadda yig‘inib terinadi. Ammo, afsuski, kerakli mablag‘ingiz bo‘lsa-da, mashina xarid qilishga kelganda yillab kutiladigan navbatlar xafsalangizni pir qiladi. Shundan keyin ikkilamchi bozordan tanlovingizdagi mashinani olishga urinasiz. Oltinsoyliklar endi mashina bozori qidirib, qo‘shni tuman yoki viloyat markazigacha uzoq yo‘l bosib yurishlariga hojat qolmadi. Sababi, tuman hokimi B.Maxmatraemov tashabbusi va qo‘llab-quvvatlovi bilan “Shoxcha” mahallasida joylashgan “Mirshodi sahovati” dehqon bozori hududida yangi tashkil etilgan “Аvtomobillar bozori” o‘z faoliyatini boshladi.
Haftaning juma kunlari oldi-sotdi qilish mumkin bo‘lgan ushbu bozor tuman ahliga yanada qulaylik yaratdi. Qolaversa, mijozlarga qulaylik tug‘dirish maqsadida, bozorga olib kirilgan avtomashinalardan hech qanday badal yoki to‘lov undirilmaydi. Ayni paytda bozor qisman faoliyatini boshladi. Bordi-yu, to‘liq quvvat bilan faoliyat yuritishni boshlasa, 10 nafardan ortiq doimiy ish o‘rinlari yaratiladi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Vatanni tanlab bo‘lmaydi…”

Donolarning: “Bu dunyoda ota-onani va Vatanni tanlab bo‘lmaydi”, degan...

TERMIZIYLARNING BENAZIR MEROSI

Surxon zamini ulug‘ mutafakkirlar, olim-u fuzalolar yurtidir. Ayniqsa, IX...

Yondashuv xolis, korrupsiya ojiz…

Bugun viloyatimizda sport sohasini rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga...

Bolalarning “nuroniy” kutubxonasi

Joriy yil davomida viloyat bolalar kutubxonasi yosh avlodni kitobxonlikka...
KunTun
KunTun