Boysunda ikki ming yillik tarixga ega qabr va buyumlar topildi

Date:

Dunyo tamadduni beshigi sanalmish Boysun tumani sir-u sinoatga to‘la. Tarixchi va arxelog olimlarning oldiga turgan eng katta maqsadlardan biri esa hududni o‘rganish, tadqiq etishdir. Ana shundagina siz-u bizga ayon bo‘lmagan sinoatlari oshkor bo‘lishi aniq. Axir tumandagi Teshiktosh g‘ori – muste madaniyatiga mansub neandertal odam makoni ekanligi dunyoning yetuk olimlari tomonidan tadqiq qilingani haqiqat-ku.


Ana shunday qadimiy go‘shaning “Rabot” arxeologik yodgorligi hududida Shimoliy g‘arbiy universitetning Buyuk ipak yo‘li tadqiqot markazi (Xitoy) professori Liang Yung boshchiligidagi ekspeditsiya aʼzolari hamda Samarqand arxeologiya instituti va Farg‘ona davlat universiteti talabalari ishtirokida olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlari olib borildi. Natijada ikki ming yillik tarixga ega “yueji” davriga mansub erkak va ayol suyak qoldiqlari, turli sopol buyumlar, metal va tosh taqinchoqlar, temir pichoqlar topildi.


Aytish kerakki, ushbu topilmalar insoniyat tarixini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi va tarixning ochilmagan sirlarini ochishga xizmat qiladi. Ayni paytda tadqiqot ishlari davom etmoqda.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Izzat Tolipov nishondor bo‘ldi

Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni...

“Prezident sovg‘asi” Surxondaryoga yetib keldi

Yangi yil bayrami arafasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga...

Sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi OAV uchun...

Yangi markaz ishga tushdi

InfinBank o‘z faoliyati davomida hududiy tarmog‘ini izchil kengaytirib, zamonaviy...
KunTun
KunTun