Asbob-uskunalar topshirildi…

Date:

“Inson qadri uchun” tamoyili asosida yurtimizda katta ishlar amalga oshirilmoqdaki, albatta, bu aholi turmushini farovonlashtirishga, hayotini yaxshilashga, jamiyatda o‘z o‘rnini topishlarida bir turtki bo‘lib xizmat qilayotir. Ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalarning alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik ostiga olinib, ularga kerakli yordam ko‘rsatilayotganida ham ana shunday ezgu tamoyil g‘oyasi mujassam.
“Mehr daftari” platformasining ishga tushirilishi natijasida yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar aniqlandi, ularga manzilli yordam ko‘rsatish maqsadida mas’ullar jonbozlik ko‘ratishdi. Har bir bola bilan individual ravishda suhbatlashilib, qiziqishlari, orzu va istaklariga quloq tutildi. Natijada esa ularni ro‘yobga chiqarish maqsadida amaliy ishlar boshlab yuborildi. Ha, ushbu platforma yordamga muhtoj bolalarga ko‘mak ko‘rsatishning eng yaxshi mexanizmi bo‘lib xizmat qilayotir deyish mumkin.

Sariosiyo tuman hokimligida platformaga kiritilgan 3 nafar o‘g‘il-qizning xohish-istaklari hamda ehtiyojini inobatga olgan holda 2 dona tikuv mashinasi hamda 1 dona motokultivator topshirildi.
Ushbu vositalar yoshlarning bandligini ta’minlash bilan bir qatorda sevimli ishi bilan mashg‘ul bo‘lishga sharoit yaratadi. O‘zgalarning mushkulini oson qilish evaziga daromad ko‘rishlariga xizmat qiladi. Ayni ehtiyojidagi uskunani olgan yoshlar o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, rahmat aytishdan, kelgusidagi rejalarini o‘rtoqlashishdan zavq olishayotir. Mana shunday ruhda, yuqori kayfiyatda boshlanadigan ish esa albatta, unum va baraka olib kelishiga shubha yo‘q.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun