Turizm maskanlari obodonlashtiriladi

Date:

Surxon vohasi o‘zining ajoyib iqlim sharoiti, qolaversa, madaniy va moddiy yodgorliklari, qadamjolari bilan sayyohlar e’tiborini tortadigan go‘sha. Vohaga yo‘li tushgan borki, avvalo Al Hakim at-Termiziy bobomiz ziyoratida bo‘ladilar. Yo‘l-yo‘lakay esa Sayrob qishlog‘idagi ulkan chinorga hayrat ko‘zi ila boqishadi. Chinor ichidagi mo‘jazgina muzey tomoshasidan bahra olishadi. Avvallari askarlar qarorgohi, qishloq idorasi, savdo do‘koni va kutubxona, choyxona, sartaroshxona vazifasini o‘tagan chinor daraxti e’tiborni tortishi rost.


“Xo‘jamayxona ota” ziyoratgohi esa nafaqat respublikamizning, balki voha ahlining ham sevimli go‘shasiga aylanib ulgurgan. Ham sayohat, ham sihat izlab boradiganlarni doimo o‘z bag‘riga chorlab turguvchi ziyoratgohning buloq suvi haqiqatan ham ming bir dardga davo bo‘lguvchi xususiyatga ega. Ana shunday sayr-u sayohatni istab Boysunga yo‘li tushgan borki, albatta, kun oxirida xorg‘inlik sezib, shinam mehmonxonaga qo‘nim topishni istaydi. Tumanda esa turistlarga ko‘ngildagidek xizmat ko‘rsatish maqsadida barcha xizmat turlari va shart-sharoitlar yaratilgan.
Mehmon uylari, mehmonxonalar deysizmi, har qadamda o‘zining sifatli xizmatlarini taklif etib turadi. Tumandagi “Bibishirin” mahallasi hududida joylashgan “Narzi qushbegi” xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan qiymati 47,0 milliard so‘mlik 50 o‘rinli mehmonxona, 150 o‘rinli restoran, hunarmandlar markazi, sport klub, 10 ta o‘tov uylari, milliy sahna, favvora, 12×24 baseyn va avtoturargohni o‘z ichiga olgan loyiha esa har qanday mehmonning e’tiborini tortmay qolmaydi. Ayniqsa, mazkur loyiha doirasida 80 ta ish o‘rni yaratilgani hamda hunarmandlar markazida 100 nafardan ortiq yosh hunar o‘rganayotgani turizm sohasida o‘ziga xos qadam deyish mumkin.
Surxondaryo viloyat hokimi uzoq yillik tarixga ega va o‘ziga xos turistik maskanlarda bo‘lish bilan bir qatorda ushbu loyiha bilan ham tanishdi. “Sayrob” chinori, “Xo‘jamayxona ota” ziyoratgohidagi holatni tanqid ostiga olib, bu maskanlarda obodonlashtirish ishlari olib borilishi, sayyohlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha mas’ullarga zarur topshiriqlar berdi.
Hududning joylashuvini inobatga olib, ochiq osmon ostida o‘tguvchi “Boysun bahori” festivaliga qadar barcha kamchiliklar bartaraf etiladigan va festivalni o‘tkazish bo‘yisha loyihalar ishlab chiqiladigan bo‘ldi.


H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termizda OAV uchun saylovoldi matbuiot anjumani tashkil etildi…

Termiz shahridagi Termiz davlat universitetida viloyat hududiy saylov komissiyasining...

Yubileyga hozirlik qizg‘in

Ma’lumki, Prezidentimizning 2024-yil 15-avgustdagi “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini...

Folklor jamoalariga musiqa asboblari topshirildi

Ish qurolimiz bor ekan, mashaqqatimiz oz bo‘lur. Ayniqsa, san’at...

“Machay”da maktabga qo‘shimcha bino qurildi…

Bugun mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilayotgan keng...
KunTun
KunTun