Mazmunli xordiq chiqarishga xizmat qildi

Date:

Mazmunli dam, mehnatga hamdam deya bejizga aytilmagan. To‘g‘ri-da, haftani charchoqlar ila boshlasangiz, ishlashga hafsala bo‘lmaydi. Ish unumidan esa umidni uzgan afzal. Angor tumanidagi “Baraka savdo” majmuasida “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida galakonsert dasturi boʻlib oʻtdi.
Tuman hokimligi, Madaniyat va turizm boʻlimi hamda Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi hamkorligida tashkil etilgan bayram tadbirida Toshkent shahridan shuningdek, viloyatimizdan iste’dodli sanʼatkorlar tashrif buyurishdi. O‘zlarining sehrli xonishlari, dilrabo kuy-qo‘shiqlari bilan angorliklar ko‘nglidan joy olishdi.


Barcha sho‘x-shodon qo‘shiqlarga raqsga tushdilar, san’atkorlarga jo‘r bo‘lib, birgalikda kuyladilar. Dam olish kunida uyushtirilgan konsert dasturi kayfiyatlarni ko‘tardi. Mazmunli xordiq chiqarishga xizmat qildi. Ishonamizki, ana shunday xordiq chiqargan angorliklarning ish kuni ham yuqori kayfiyatda boshlanadi. Ayni shunday konsert dasturlari esa vohaning barcha shahar va tumanlarida bo‘lib o‘tayotir.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...

“Ziyoli kelajak” loyihasi Boysunda

“Yuksalish” harakati tomonidan mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yirik...

O‘zbek tili bilimdonlari saralandi

Termiz davlat universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili fanidan...

Raqiblarin ortda qoldirdi

Qirg‘iziston Respublikasining Talas shahrida yengil atletika bo‘yicha “Manas Demi”...
KunTun
KunTun