Jangovar shayligi mustahkamlandi

Date:

Surxondaryo viloyatida joylashgan DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlardan birida shaxsiy tarkib uchun ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik va profilaktik mashg‘ulot o‘tkazildi.

Zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan ma’naviyat va ma’rifat xonasida tashkil etilgan mashg‘ulotda harbiy intizom, qonuniylikka rioya qilish va xizmat mas’uliyatini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi. Harbiy xizmatchilarga kun tartibidagi dolzarb mavzular yuzasidan tushuntirishlar berilib, maxsus videotasvir va ma’rifiy roliklar namoyish etildi.

Shuningdek, chegarachilarning Vatan sarhadlarini qo‘riqlashdagi sharafli burchi, doimiy sergaklik va jangovar shaylikni saqlashning ahamiyati haqida fikr almashildi. Harbiy xizmatchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Mashg‘ulot yakunida xizmat intizomi, hushyorlik va mas’uliyatni yanada kuchaytirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Islomjon Muxamadaliyev,

harbiy xizmatchi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun