Orzusiga qanot bo‘ldi

Date:

O‘z oldingizga maqsad qo‘ysangiz-u, ro‘yobi uchun imkoningiz yetmasa, bundan yomoni yo‘q. “Yoshlar daftari” esa ana shunday imkonni berib, yoshlarni munosib qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilayotir. Sho‘rchilik Aziz Qarshiyev ham vatan xizmatiga otlanmoqchi bo‘ldi-yu, bu xizmatni amalga oshiradigan pul mablag‘iga qo‘li kaltalik qildi. O‘zi yashaydigan mahalla yetakchisi bilan maslahatlashganida esa yoshlar yetakchisi uning ko‘ngliga umid chirog‘ini yoqdi.
Shu tariqa 19 yoshli yigitning oilaviy sharoiti o‘rganildi va “Yoshlar daftari”ga kiritilib, arizasi ijobiy yechim topadigan bo‘ldi. Sho‘rchi tumanida ayni Aziz qatori yuragida olov yonayotgan va harbiy xizmatga borish niyatida bo‘lgan 105 nafar yosh uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar to‘lab berilgani quvonarli hol.
Qahramonimizning esa quvonchi cheksiz. U vatanimiz sarhadlarini himoya qilish, osoyishtaligimiz yo‘lida sidqidildan xizmatda bo‘lishni diliga tukkan. Ana shunday ishtiyoq ila yonayotgan mard o‘g‘lonning egnidagi libosi esa o‘ziga biram yarashgan. Ota-onasining xursanchiligi ham o‘g‘illari Azizdan kam emas.
— Juda baxtiyorman. Test va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha sinovlarda yaxshi natijalarga erishdim, – deydi Azizbek Qarshiyev. – Muddatli harbiy xizmatdan so‘ng, albatta, shu sohada oliy maʼlumot olib, professional harbiy bo‘laman. O‘z burchimni chegara qo‘shinlari safida davom ettirish niyatim bor.


H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun