Jazosi saboq bo‘lsin

Date:

Farzandga ota yoki ona bilan yashash tanlovini qo‘yishdan yomoni yo‘q. Axir ular ota-onasi bilan birgalikda yashashni istashadi. Bu tanlov bolalarning ruhiyatiga, turish-turmushiga, kelgusi taqdiriga nechog‘lik salbiy iz qoldirishini kattalar biroz bo‘lsa-da o‘ylab ko‘rishganida edi, balki ajrimlar sonini oshirishga xizmat qilishmasmidi.
Afsus, har doim ham bu haqda o‘ylanavermaydi. Kelishmovchilik va nizolarni bartaraf etishning yechimi sifatida ajrim yo‘lini tutishadi. Zarar ko‘radiganlar esa bolalar…
1981-yilda tugʻilgan sudlanuvchi Sh.Botirov (ism-shariflar oʻzgartirilgan) ham uch nafar voyaga yetmagan farzandining taqdiriga ko‘z yumib, ajrashishga qaror qildi. Sud ham bu qarordan so‘ng, oilani ajratdi-qo‘ydi. Uch nafar voyaga yetmagan farzand ta’minoti uchun aliment undirish belgilandi.
Ammo, Sh.Botirov sudning qaroriga mas’uliyatsizlik bilan qarab, aliment to‘lashdan bosh tortdi. Natijada bir necha marotaba javobgarlikka tortildi. Shunda ham tegishli xulosa chiqarmagan otaning alimentdan qarzdorligi 28 million soʻmdan oshib ketdi. Sobiq turmush oʻrtoq esa bolalarining taqdiriga befarq otani insofga chaqirish uchun sudga murojaat qilib, alimentdan qarzdorlikni undirishda amaliy yordam so‘radi.
Bunday otalarni na oqlab va na kechirib bo‘ladi. Voyaga yetmagan bolalarning huquqi esa amaldagi qonunlarda qat’iy kafolatlangan. Shu sababdan ham sudlanuvchi qonunchilikka asosan aliment pulini to‘lash bilan birga 1 yil-u 9 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilinadigan bo‘ldi. Bunday jazo nafaqat sudlanuvchiga, balki ajrim yoqasida turgan va aliment to‘lovchi otalar uchun ham saboq bo‘lsa yomon bo‘lmasdi…

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun