7 kilogramm tosh bosdi…

Date:

Ekin-tikin qilishni istagan dehqon borki, yaxshi niyat ila yerga urug‘ qadar ekan, hosili mo‘l bo‘lishini tilaydi. Vaqti-vaqti bilan yerga, ekinga qarab, parvarishlaydi. Tuproqni yumshatadi, begona o‘tlardan tozalab, suvini beradi. Mineral o‘g‘itlar bilan to‘yintiradi. Xullas, ekin hosilga kirib, yetilguncha qadar dehqonga dalada ish mo‘l deyavering. Bandixon tumanining “Bag‘rikeng” mahallasida istiqomat qiluvchi Baxtiyor Muhammadiyev ham mehnatdan qochmaydigan, yerga mehri tushgan insonlardan. U o‘z tomorqasida ro‘zg‘or uchun kerak bo‘ladigan sabzavotlarni ekib, yetishtirishni hush ko‘radi. Bu safar sholg‘om ekdi. Sholg‘omlari mo‘l hosil berib, Baxtiyor akani xursand qildi. U eng katta sholg‘omlaridan birini taroziga solib o‘lchasa, og‘irligi 7 kilogramdan ortiq tosh bosdi. bo‘lgan sholg‘omni yetishtirdi.
Albatta, bu natijani dehqonning o‘zi ham kutmagan. Chunki u hech qanday qo‘shimcha o‘g‘it yoki maxsus dorilardan foydalanmagan edi. Shunchaki, har kuni uni erinmasdan parvarish qilgan va vaqtida sug‘organ xolos.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanni sevmoq — ota merosdir, mardlarga xosdir

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonning zamonaviy davlatchiligi va...

Mas’uliyatli 7 yil

Xalqning xohish-irodasini ifoda etishda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘rni...

Ustuvor olti yo‘nalish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan navbatdagi...

“Senga Qorbobodan sovg‘a jo‘nataman…”

Albatta, yangi yil ko‘ngil xotirjamligi, oila davrasida, yaqinlar diydorlashuvi...
KunTun
KunTun