Noqonuniy qurilishlarga barham berilmoqda

Date:

Tartib bo‘lmagan joyda boshboshdoqlik, o‘zboshimchalik yuzaga keladi. Qonun buzilish holatlari yuzaga keladi. Jamiyat hayotimizda tadbirkorlik, ishbilarmonlik muhiti shakllansa, aholi bandligi ta’minlansa, nur ustiga nur. Ammo, bunday muhit halollik mezonlari asosida qurilsagina har tomonlama manfaatli. Tadbirkorlar tomonidan belgilanmagan va ruxsat etilmagan yer maydonlarida noqonuniy tarzda qurilgan binolar, shaxobchalar qurib, ulardan foydalanib kelayotgani esa qonunga zid.
Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev mas’ullar ishtirokida asosiy yo‘l chetida joylashgan ijtimoiy obyektlar, savdo do‘konlari, avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shaxobchalari, yangi qurilayotgan obyektlar, yo‘l yuzida yashovchi aholi maskanlarini piyoda yurgan holda ko‘zdan kechirdi. O‘rganish davomida tadbirkorlar tomonidan noqonuniy tarzda qurilgan binolar, xizmat ko‘rsatish nuqtalari aniqlandi. Ularni tez fursatlarda buzish bo‘yicha mulk egalariga ogohlantirish berildi. Bordi-yu, belgilangan muddatda muammo bartaraf etilmasa, tegishli tartibda javobgarlikka tortilishi tushuntirildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...

Tibbiyotda kontrakt oshirilmaydi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonning tibbiyot va farmatsevtika ta’limi tizimida...
KunTun
KunTun