10 ming gektar yer maydoni foydalanishga kiritilmoqda

Date:

Surxon vohasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun har tomonlama qulay hudud. Quyosh nuri, suv deymizmi, unumdor tuproq — bari mo‘l-ko‘l hosil garovi bo‘lib xizmat qiladi. Afsuski, shunga qaramay, ayrim fermer xo‘jaliklari va MChJlarga ajratilgan maydonlardan samarasiz foydalanish, o‘z vaqtida ishlov berilmasligi natijasida ekin yerlari foydalanishdan chiqarib yuborilgan. Surxondaryo viloyatidagi foydalanishdan chiqqan, ball boniteti past bo‘lgan ana shunday maydonlarni foydalanishga kiritish, yerga ishlov berib, unda hosildorligi yuqori bo‘lgan ekinlar yetishtirish ishlari olib borilmoqda. Viloyat hokimi Muzrabot va Sherobod tumanlarida bo‘lib, mazkur holatdagi maydonlarni ko‘zdan kechirdi. Masʼullar bilan yer maydonlarini tuman zaxirasiga qaytarish hamda auksion orqali salohiyatli tadbirkorga berish chora-tadbirlari belgilandi. Mana shunday tadbirlardan so‘ng, katta-katta yer maydonlari foydalishga qaytariladi.
Ayni shunday viloyatning Muzrabot va Sherobod tumanlarida foydalanuvdan chiqqan maydonlarga ishlov berilib, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilgan holda hosildorligi yuqori bo‘lgan paxta navlarini yetishtirishni yo‘lga qo‘yayotgan “Baxodir log‘on tekstil” qo‘shma korxonasi tomonidan 10 ming gektar yer maydonini foydalanishga kiritish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar e’tibor qaratishga arziydi. Viloyat hokimi ushbu yer maydonida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, dehqonchilik qilish istagida bo‘lgan dehqon va fermerlar uchun ushbu faoliyat tajriba maktabi bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

O‘zbekistonda dron ishlab chiqariladi

O‘zbekiston delegatsiyasining Malayziyaga xizmat safari davomida hamkor davlat bilan...

“Soyali sayr ko‘chalari” tarmog‘i yaratiladi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot”...

O‘zbekiston—Rossiya: yangi mexanizm joriy etiladi

Rossiyada vaqtincha mehnat qilish istagidagi fuqarolar uchun O‘zbekistonda maxsus...

3,5 ming kambag‘al oilalar farzandlari uchun imtiyoz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash...
KunTun
KunTun