Piyodalar yo‘lakchasi qurilmoqda…

Date:

Har bir ota-ona farzandini maktabga jo‘natayotib, darslarni yaxshi o‘zlashtirib, eson-omon qaytishini kutadi. Farzand tarbiyasida yetarli bilim va ko‘nikmalarni olish qanchalik muhim bo‘lsa, uning sog‘ligi ham, maktabiga sog‘-salomat borib kelishi ham muhim. O‘quvchi-yoshlarning ko‘cha-ko‘yda, jamoat joylarida xavfsizligini ta’minlash masalasi esa e’tibor berishimiz lozim bo‘lgan jihat.
Shu bois o‘quvchilarning maktabga kelib-ketishlarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Sariosiyo tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan “Kelajak sari” mahallasi hududidagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga olib boruvchi yo‘lda piyodalar yo‘lakchasi qurilish ishlari olib borilmoqda. Ishlar tugallangach, yoshlar faqat belgilangan piyodalar yo‘lakchasidan harakatlanishadi. Qarabsizki, o‘quvchilarning yo‘llarda harakat xavfsizligi ta’minlanishi bilan birga, maktab ma’muriyati va ota-onalarning-da o‘ylantirgan masala munosib yechim topgan bo‘ladi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun