Uyi taʼmirlab berildi

Date:

Yoshi ulug‘ keksalarimiz uchun alohida qarov, mehr va e’tibor kerak. Ayniqsa, ayozli kelgan qish-qirovli kunlarda g‘amxo‘rligimiz jonlariga ora kirishi aniq. Angorlik Rafiq bobo Himmatov esa yolg‘iz yashaydi. To‘g‘ri, yon qo‘shning — jon qo‘shning degandek, qo‘ni-qo‘shnilar otaxonning issiq-sovug‘idan xabar olib, hol-ahvol so‘rab turishadi. Ammo, Rafik boboning iqtisodiy ahvoli va imkoniyati havas qilarli emas. Eski uyi ta’mirtalab va yashash uchun sharoiti og‘ir.
Sektor rahbarlari otaxonning holidan xabar olib, uyidagi holat bilan tanishdi. Kerakli yordamni berish, qulay shart-sharoit yaratish maqsadida uyi taʼmirlab berildi. Qisqa muddat ichida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlaridan so‘ng, Rafik boboning quvonchi cheksiz. Qo‘llarini duoga ochib, tashkilotchilarni uzundan-uzoq duolar qilib, o‘z minnatdorchiligini bildirdi:
— Eshik-derazalarim eskirib, shamol huvillab o‘tadigan bo‘lib qolgandi. Ming shukrki, sektor rahbarlari dardimni eshitib, uyimni ta’mirlab berishdi. Mana endi issiqqina xonada jonimning rohatini ko‘rib o‘tiribman.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qadriyatlar qadr topgan kun

Yurtimizda qadimdan keng nishonlanib kelayotgan Navro‘z – bahor va...

Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir!

Navro‘z bu tinchlik, totuvlik, farovonlik bayrami. Millati, dinidan qat’iy...

Navro‘z sayllari xalqona shodiyonaga aylandi

Sho‘rchi tumanida qadimiy va umumxalq bayrami bo‘lgan Navro‘z keng...

Insonparvarlik yordami yuborildi

O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Eron xalqiga insonparvarlik yordami yetkazildi. Yordam...
KunTun
KunTun