Aholiga qulaylik yaratish uchun…

Date:

Yurtimizga anomal sovuq ob-havoning kirib kelishi aholini sergaklantirib qo‘ydi. Issiq kiyinish, xonadonlarimizni isitish eng birinchi masalaga aylandi. Bugungidek sovuq havoda shamollab qolishga aslo haqqimiz yo‘q. Sababi davo bo‘lguvchi dori-darmonlarning og‘u misol ta’sir etib, xavf tug‘dirayotgan bir paytda o‘zimiz va farzandlarimiz sog‘ligini asrash zarurat.
Issiq ovqat, issiq choy uchun, xonalarni zarur issiqlik bilan ta’minlash uchun, albatta, elektr energiyasi va gaz ta’minotiga ehtiyoj kuchayadi. Ammo, gaz ta’minoti bilan ta’minlanmagan chekka-chekka hududlarda yashovchilar ahvoli nima kechadi, degan haqli savol tug‘ilishi tabiiy. Ayni maqsadda Qiziriq tumanida aholini arzonlashtirilgan ko‘mir mahsuloti bilan taʼminlash ishlari davom etmoqda.

Bu borada tuman hokimi tashabbus ko‘rsatib, “Istiqlol”, “Navro‘z”, “Zarobod”, “Qorasuv” va “Takiya” mahallalarida yashovchi fuqarolarga arzonlashtirilgan ko‘mir mahsuloti yetkazib berilayotir.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sariosiyo — yirik qurilishlar maydoni

Sariosiyo tumanida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish...

 “Men kuchli ayolman”

Termiz shahrida respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Men kuchli ayolman” profilaktik...

Yangi loyiha — yangi imkoniyatlar

Oltinsoy tumanida qishloq xo‘jaligiga innovatsion va energiya tejamkor texnologiyalarni...

21 yoshdan turmush qursa…

Prezident farmoniga ko‘ra, 2027-yildan boshlab har ikkala tomon kamida...
KunTun
KunTun