Anomal sovuq allergik reaksiyalarni qoʻzgʻatishi mumkinmi?

Date:

Anomal sovuq kunlarda xalqimizdan bejizga ehtiyot bo‘lishlari talab etilayotgani yo‘q. sovuq havo haroratida nafaqat gripp va shamollashga duchor bo‘lish mumkin, balki baʼzilarda allergik reaksiyalarni ham hosil qilishi mumkin.
Allergolog mutaxassislarning ta’kidlashicha, sovuq oqibatida paydo boʻladigan allergiya tananing past harorat taʼsiriga haddan tashqari sezgirligini anglatib, koʻproq ayollar va bolalarda kuzatilar ekan. Ushbu kasallik, immunitet tizimining zaifligi alomati bo‘lib, bunday insonlar sovuq bilan yuzlashganda, organizm noyob patologik oqsil — krioglobulin ishlab chiqara boshlaydi.
U immunitet hujayralari tomonidan yot unsur sifatida qabul qilinib, hujumga uchraydi. Bu jarayonda faol ishlab chiqariladigan gistamin moddasi esa allergik reaksiyaga sabab boʻladi. Unutmaslik kerakki, xastalik turli koʻrinish va shakllarda namoyon boʻlishi mumkin: eshakemi, rinit, konyunktivit, dermatit, astma. Hatto ogʻir holatlarda baʼzi bemorlarda Kvinke shishi ham hosil qilishi mumkin. Ular orasida eng keng tarqalgani eshakemi boʻlib, tanada pufakchalar paydo boʻlishi bilan tavsiflanadi.
Allergiya belgilari izgʻirin harorat taʼsiridan 3-5 daqiqa oʻtgach paydo boʻladi va alomatlar 1-2 soatdan bir necha kungacha davom etadi. Kasallikning oʻtkir va surunkali shaklida qoʻl, yuz, yonoq va oyoqlarda kuchli qichishish yuzaga kelsa, baʼzan titroq, umumiy holsizlik, yurak urishi tezlashishi va boʻgʻimlarda ogʻriq bilan kechadi. Shunday ekan, anomal sovuqda issiq kiyinib, sovuq havoda ko‘p yurmaslikni tavsiya qilamiz.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

437 million so‘mlik qurilish materiallari ajratildi

Ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar...

500 million so‘mlik daromad kutilmoqda

Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish, eksportbop mahsulot yetishtirish...

Vaucherlar topshirildi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar salomatligini tiklash va...

Sayyor qabul: Muammolar joyida hal

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish...
KunTun
KunTun