G‘oliblik uchun bellashdi…

Date:

Shaxmatda aqllar charhlanadi. Uzoqni ko‘zlab qilingan yurishlar, albatta, raqibni mot qilish bilan tugaydi. Shaxmat o‘yini ham bir san’at turidek. “Besh tashabbus” olimpiadasining muntazam ravishda o‘tkazilib, sport turlari bo‘yicha yoshlarning sinovdan o‘tkazilayotgani negizida ham bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, ularni munosib rag‘batlantirish-u, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadi mujassam. Ayni sport turlari ichidan shaxmat turi bo‘yicha ham yosh shaxmatchilarning bellashuvi yoshlarda katta qiziqish uyg‘ota oldi. Ushbu murakkab va qiziqarli bo‘lgan sport turi bilan qiziqqan surxondaryolik yoshlar bir yerga jam bo‘ldilar-da, g‘oliblik uchun bellashuvni boshlab yubordilar.
22-26 hamda 27-30 yosh toifasidagilar o‘rtasida boshlangan shaxmat musoboqasi qiziqarli kechdi. Soat soniyalari hakamligi ostida yurish qilgan shaxmatchilar yeti o‘lchab, bir bora harakat qilgan bo‘lsalar, ajab emas. Kuzatuvchilar esa maroq va hayajon ila tomosha qildilar. Albatta, g‘olib bitta bo‘ladi. Ana shunday nomga Muzrabot tumani “Sopollitepa” mahallasidan Hasan Korjayev hamda Bobomurod O‘tayev Bobomurod sazovor bo‘ldilar. Ular birinchi o‘rinni band etib, olimpiadaning respublika bosqichida ishtirok etadigan bo‘lishdi. Ishonamiz, keyingi bosqichda ham ular muvaffaqiyatli yurish qilishadi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanni sevmoq — ota merosdir, mardlarga xosdir

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonning zamonaviy davlatchiligi va...

Mas’uliyatli 7 yil

Xalqning xohish-irodasini ifoda etishda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘rni...

Ustuvor olti yo‘nalish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan navbatdagi...

“Senga Qorbobodan sovg‘a jo‘nataman…”

Albatta, yangi yil ko‘ngil xotirjamligi, oila davrasida, yaqinlar diydorlashuvi...
KunTun
KunTun