NARKOLOGIK YORDAM KO‘RSATILADI

Date:

Tibbiyot sohasiga qaratilayotgan e’tibor negizida xalq salomatligini saqlash yotadi. Issiq jonning isitmasi bo‘lgani kabi hech bir joyimiz og‘rimasin. Og‘ridimi, shifokor ko‘rigiga borish, kerakli tibbiy ko‘rik va muolajaalarni olish shart. Aks holda har qanday kichik dard ham avj olib, tanani yemirishiga shubha yo‘q.
Bu yo‘lda sohaga oid ko‘plab qonun va qarorlar dasturil alam bo‘lib xizmat qilayotir.

Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-maydagi “Aholiga narkologik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 244 sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida “Arion Invest” MCHJ tomonidan 450 million so‘mlik mukammal taʼmirlash ishlari bajarilib, Bandixon va Qiziriq tumanlararo 10 o‘rinli aholiga narkologik yordam ko‘rsatish bo‘limi binosi foydalanishga topshirildi.

Bundan tashqari, Qiziriq tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi ham yaqin kunlarda qurilishi yakunlanib, foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad bitta — aholiga tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirishdan iborat.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun