BALLI SHAHZODA

Date:

Huquqiy savodxonligingiz qay darajada deb o‘ylaysiz? Hech bu boradagi bilimlaringizni sinovdan o‘tkazganmisiz? “Konstitutsiya bilimdoni” tanlovining viloyat bosqichida hakamlar hay’ati tomonidan qo‘yilgan shartlarda ayni savollarga ishtirokchilar tomonidan javob topish mumkin bo‘ldi. Har bir ishtirokchi bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Konstitutsiyani nechog‘lik bilishi, qonunlar bilan tanishligini isbotlash bilan birga, o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Qonunlarni sharhlab berdilar.
Shu tariqa eng kuchlilar, bilimlilar aniqlandi. Jarqo‘rg‘on tumanidagi 12-sonli KBFCHO‘IMI o‘quvchisi Shahzoda O‘ralova esa “Konustutsiya bilimdoni” deb topildi va tanlovning faxrli 1-o‘rinini egalladi.
Shahzoda bilimlarini yanada boyitib, tanlovning respublika bosqichida ham eng yaxshi natijalarni qayd etishiga shubha yo‘q.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun