Dzyudochilar g‘alaba bilan qaytishdi

Date:

Toshkent shaharidagi “Universal” sport saroyi dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan jam bo‘lgan eng sara dzyudochilar uch kun davomida jami 14 ta (7 ta ayollar, 7 ta erkaklar) vazn toifalarida chempionlik uchun bahs olib bordilar. Bahslar esa murosasiz va qizg‘in kurashlarga boy bo‘ldi.

Quvonarlisi, chempionatda surxondaryolik dzyudochi polvonlarimiz ham munosib ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldilar. 73 kilogramm vazn toifasida O‘rol Sodiqov 3-o‘rinni egalagan bo‘lsa, 100 kilogramm vazn toifasidagilar ichida Shermuhammad Jandreyevga teng keladigani topilmadi.

Ayollar o‘rtasida esa Shohisa nazarova ham birinchi o‘rinni band etdi.

S.Murodova

Oldingi sahifa“Yo pirim” deb kurashdi
Keyingi sahifaBALLI SHAHZODA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun