Ish bilganga ming tanga…

Date:

Ba’zan bitta avtomashina olish uchun yillab pul jamg‘aramiz yoki kredit to‘laymiz. Sariosiyo tumani IIB boshlig‘i Muhiddin Amonto‘rayev esa mashinalik bo‘lish uchun bu yo‘llarning ikkisini ham tanlamadi. Shunchaki bor kuchini, iqtidorini ishga qaratdi. Qarabsizki, sovg‘asiga mashina…shuni aytishadi-da, ish bilganga ming tanga deb.

Fidoiy xodimlarning xizmatlarini munosib rag‘batlantirish va ularni kelgusi ishlarini jaddalik bilan amalga oshirish maqsadida turli ko‘rik-tanlovlar, tadbirlar va festivallar tashkil etib kelinadi. “Eng yaxshi sektor rahbari”, “Eng yaxshi mahalla raisi”, Eng yaxshi hokim yordamchisi”, “Eng namunali ish beruvchi ayol”, “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli”, “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi” ko‘rik-tanlovlarining o‘tkazilishida ham ana shunday ma’no mujassam. Albatta, vohamizda ham ushbu tanlovlarning munosib nomzodlari faoliyat yuritadi va mukofotga loyiq. “Eng yaxshi sektor rahbari” yo‘nalishi bo‘yicha esa surxondaryolik ishtirokchi, Sariosiyo tumani IIB boshlig‘i Muhiddin Amonto‘rayev ham faol ishtirok etdi. Tanlov yakuniga ko‘ra esa o‘zini fidokorona mehnati samarаsi o‘laroq tanlovining respublika bosqichida faxrli 3-o‘rinni egallab, spark avtomobili sohibi bo‘ldi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun

Toshkent shahrida 7 davlat sportchilari ishtirokida o‘tgan Osiyo xalqaro...

Sudga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-martdagi farmoniga muvofiq, Tolib Bayzakov Surxondaryo...

“2+6” dasturi: sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish...

Yangi xorijiy korxona ish boshlaydi

Bandixon tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan...
KunTun
KunTun