“Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” uchun kurash boshlandi…

Date:

Qaysi sport turida bo‘lmasin, maxsus tayyorgarliklarsiz raqibga peshvoz chiqish bilan shubhasizki, birgina zarba yoki harakat sabab jang mag‘lubiyat bilan yakunlanadi. Shunday sport turi borki, unga hech qanday tayyorgarlik, bilim va tajriba kerak emas. Bu sport turi – kurash. Sababi kurash qon-qonimizga, jon-jonimizga singib ketganki, “Yo pirim” deymiz-da, maydonga tushamiz. Yaratganning qo‘llovi va bergan kuchi ila raqibni chirpirak qilib ko‘taramiz va yerga bir solamiz. Ana shunday usullarning bir nechtasidan so‘ng, tomoshaga kelganlarning “halol”, “halol” degan hayqirig‘i kurash maydonini tutib ketmasa, meni polvonlar avlodidan sanamang.

Ha, kurash ana shunday mardlar maydonga chiqadigan, polvonlarning yeng shimarib kurashganini ko‘raverib ko‘z pishgan, bolalikdan olishaverib, suyaklar qotgan, bilaklarni kuchga to‘ldirgan sport turidir. Kurash o‘zbekning, alp yigit-qizlarning sevimli mashg‘uloti, o‘zini erkin his etadigan, yuragidagi xovurini bostiradigan sport turi.
Respublikamizning turli hududalrida yuragida otash-olov yonadigan mard polvonlar borki, Surxondaryoga otlanishdi. Erta tondan esa Termiz temiryo‘l vokzalida mehmonlarni tantanali kutib olish marosimi boshlandi. Mezbonlarning mehmonnavozligidan shodlangan mehmonlar mehmonxonalarga joylashtirilib, qisqa xordiq chiqarishgandan so‘ng, Termiz shahridagi Surxon-Arena sport majmuasida kurash bo‘yicha “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” musobaqalariga yo‘l olishdi.

Musoboqa “Xalqaro kurash qoidalari” asosida o‘tkazilib, vazirlikning hududiy boshqarma va tarkibiy tuzilmalaridan 200 nafardan ortiq saralangan polvonlar 60, 66, 73, 81, 90, 100 va +100 kilogramm vazn toifalarida bellashadilar. To‘rt kun davom etadigan musobaqaning birinchi kunida O‘zbekiston kurash federatsiyasi mutaxasislari ishtirokida hakamlar hay’ati va jamoa vakillarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, polvonlar navbatma-navbat vazn o‘lchash tadbiri o‘tkazildi.
Qur’a tashlash jarayonida esa polvonlar o‘zaro raqiblarini aniqlab oldilar.
Erta tongdan boshlangan musobaqaning ikkinchi kunida esa polvonlar o‘rtasida 60, 66, 73 va 81 kilogramm vazn toifalari bo‘yicha bahslar boshlandi. Polvonlarning har bir harakatini kuzatib borgan tomoshabinlar hayqirig‘i, qo‘llab-quvvatlovi va qarsaklaridan ham hakamlar qo‘yayotgan bahoni sezish qiyin emas.
Kurash ixlosmandlari uchun qiziqarli bellashuvlarga boy musobaqa davom etadi.

S.Allayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun