“Xayrabod”da Navro‘z shukuhi

Date:

Xayrabod garnizonidagi harbiy qismda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Navro‘z shukuhi” va “Bahor nafasi, Navro‘z nafasi – yuraklarda shodlik!” shiorlari ostida ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar tashkil etildi.

Tadbir davomida harbiy xizmatchilar milliy cholg‘u asboblari – chanqovuz va do‘mbira sadolari ostida ijro musobaqalarida ishtirok etdi, milliy o‘yinlar bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi, osh tayyorlash bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Shuningdek, xizmatchilarning oila a’zolari, xususan farzandlari uchun varrak uchirish va konsert dasturlari o‘tkazilib, bayram kayfiyati yanada ko‘tarildi.

Bunday tadbirlar shaxsiy tarkibning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ma’naviy-ruhiy holatini mustahkamlash va jamoaviy birdamlikni oshirishga xizmat qiladi. Navro‘z shukuhi ostida o‘tgan bayram harbiy xizmatchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun