Oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi va narxi barqarorlashtiriladi

Date:

Qish-qirovli kunlar yaqin. Kun sayin ob-havoning salqinlashib, yog‘ib o‘tayotgan yog‘ingarchilik daragidan ham buni bilish qiyin emas. Demak, qish taraddudligini ko‘rib, kerakli oziq-ovqat mahsulotlarini g‘amlashni boshlasak ham bo‘ladi. Shunday paytlarda, ya’ni mavsum o‘zgarishi bilan ba’zi mahsulotlarning tannarxi ko‘tarilganining guvohi bo‘lamiz. Hayron qolasan kishi, ish haqi, nafaqat ko‘tarilmasa-yu, dehqonchilik mahsulotlari valyuta ko‘tarilsa-ko‘tarilmasa, shu sabab bilan qimmatlab ketaversa… olib-sotarlarning bu kabi bahona-yu ro‘kachlari xalqning cho‘ntagini talashdan boshqa narsa emas.

Mana shunday boshboshdoqliklarning oldini olish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimligida viloyat hokimining o‘rinbosari U.Turopov, viloyati prokurori o‘rinbosari O‘.Yusupov, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi boshlig‘i S.Nomozovlar ishtirokida viloyatda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash va zaxirasini yaratishga jalb etilgan savdo va tayyorlov korxonalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda viloyat hamda shahar-tumanlar hokimliklari mutasaddilari, huquqni muhofaza qilish idoralari, bank muassasalari rahbarlari, bozorlar, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari, ta’minot korxonalari boshliqlari, tadbirkorlar ishtirok etib, 2022-2023-yillar qish-bahor mavsumida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yaratish, narxlar barqarorligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektlarini tijorat banklarining imtiyozli kredit mablag‘i bilan qo‘llab-quvvatlash zarurligiga e’tibor qaratildi. Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasining bu boradagi imkoniyati o‘rganildi.

Yig‘ilish yakunida zaxira qilinadigan har bir mahsulot ta’minoti yuzasidan tegishli tashkilot, idora va korxonalar mutasaddilari tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, o‘z navbatida tizimli kuzatuv va nazorat ishlarini olib borilishi bo‘yicha ogohlantirildi. Demak, endi tashvishlanmasak ham bo‘laveradi. Qat’iy nazorat ostida bo‘lgan tizimda o‘zbilarmonlikka yo‘l qo‘yilmaydi. Xaridimiz barokatli bo‘lib, ortiqcha mablag‘imiz o‘zimiz bilan qaytsa, ajab emas…

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi 29 ta stomatologiya poliklinikasi, xususan...

IQ darajasi oʻlchandi

Dunyo mamlakatlari aholisining oʻrtacha aqllilik (IQ) darajasi boʻyicha reyting...

Yuz kishidan ortsa, jarimaga tortiladi

Oʻzbеkistonda toʻylarni tartibga solishni nazarda tutuvchi loyiha ishlab chiqiladi. Bu...

“Bor mеhrimiz — shu Vatan uchun”

Muzrabot tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan oʻtkazilayotgan “Bor mеhrimiz —...
KunTun
KunTun