USTOZLAR XIVADA…

Date:

1-oktyabr — “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni yaqin. Ustoz-u murabbiylar alqanadigan, xizmatlari e’tirof etiladigan kun. Faqat bu kunda emas, aslida har kuni, har daqiqa ustozlarimiz e’zozda, e’tiborda bo‘lmog‘i kerak. Qiziriq tuman hokimi R.Pardayev faxriy ustozlarni jam etib, ularning ko‘nglini shod etish maqsadida Xiva shahriga sayohat uyushtirgani ham ayni shu qutlug‘ sanaga to‘g‘ri keldi.
Tuman rahbari tomonidan boshlangan tashabbusga xayrixoh bo‘lgan bir guruh ustozlar erta tongdan tuman hokimligi binosi oldidan safarga otlandilar.
Nafaqa yoshiga yetib, uyda keksalik gashtini surayotgan nuroniylar bu dorilomon kunlarga shukronalar aytishdi. Avtobusda ham yo‘l-yo‘lakay yurtimizda va tumanda yuz berayotgan o‘zgarishlar, keksa-nuroniylarga qaratilayotgan e’tibor haqida to‘lqinlanib suhbatlashishdi. O‘zlari, faoliyatlari davomida boshidan kechirgan qiziqarli voqealar haqidagi gurunglar bilan manzilga — qadim Xiva shahriga yetib keldilar.
Xivaga qadami yetgan borki, o‘zini xonlik davriga tushib qolgandek his etadi. Ana shu shukuhni berishi bilan qimmatli va qiymatli sayohat ustozlarga olam-olam taassurotlar qoldirishi aniq. Ular Xiva ko‘chalarini kezib, shahar bilan tanishishadi. Qadim shaharni o‘zlari uchun yangitdan kashf etishadi.
Mana shunday sayohatlarni uyushtirib, ustozlar uchun eng yaxshi tuhfani tayyorlashgan mutasaddilardan faxriylarning ko‘ngli shod.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun